Jiru Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirib oldi
Frantsiya terma jamoasi forvardi Olive Jiru kecha Evro-2020 saralashi doirasida bo‘lib o‘tgan Islandiyaga (4:0) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra bu 32 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi 35-gol bo‘ldi. Shu tariqa u Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirib oldi.
Ta’kidlash lozimki, ayni damda Jirudan faqatgina Mishel Platini (41) va Terri Anrilar (51) oldinda borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jiru keyingi yil bo‘ladigan Evropa chempionatidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida aytib o‘tgan edi.
Fikrlar