
Jiru nimadan bezovta?
"Chelsi" klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Olive Jiru “aristokratlar” tarkibidagi faoliyatidan xavotirda ekanini aytdi.
“Men bezovtaman. Mavsum avvalida jamoaga yordamim tegadi, deb o‘ylagandim, ammo mening o‘yin vaqtlarim juda qisqarib ketdi. Shu bois yanvarda qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keladi. U har doimgidek to‘g‘ri bo‘ladi, deb umid qilaman”, - dedi Jiru.
Bundan avvalroq, Jiruga “Inter” va MLS klublaridan takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar