Jiruga APL klubidan taklif tushmoqda

  • 6 yanvar, 2020, 16:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi forvardi Olive Jiruning kelajak faoliyati noma’lumligicha qolmoqda.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda 33 yoshli frantsiyalik futbolchi jamoadan ketish istagida, ammo “aristokratlar” yangi hujumchi sotib olishmagunicha uni qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Jiru uchun esa APLdan ham xaridor chiqmoqda. Uni “Nyukasl” o‘z safiga chorlamoqda. “Qarg‘alar” uni mavsum yakunigacha ijaraga olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jiruga "Yuventus", "Inter", "Lion", "Bordo" va "Reynjers" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Jiru bu mavsum “Chelsi” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. U etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab Evro-2020 ga borolmay qolishdan qo‘rqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!