
Jiu-jitsuchilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati
Tailandning Chang Mayi shahrida Jiu-jitsu bo‘yicha talabalar o‘rtasida jahon kubogi o‘tkazildi.
Xalqaro Jiu-jitsu federatsiyasi (IJJF) va Xalqaro universitetlar sport federatsiyasi (FISU) tomonidan o‘tkazilgan jahon kubogida dunyoning 11 mamlakatidan kelgan 200 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.
Turli yo‘nalishda o‘tgan bellashuvlarda Umidjon Nabiev, Feruz Usmonov, Nozimjon Odilov, Kamoliddin Anorqulov, Umidjon Rahimov, Azizbek Tohirov, Xudoyorxon Anorqulov o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 6 oltin, 4 kumush va 5 bronza, jami 15 medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi.
Fikrlar