
Jo Rogan: Volkanovski damingni ol!"
UFC sharhlovchisi va tahlilchisi Jo Roganning fikricha, yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski (26-3) Islom Maxachevdan (25-1) mag‘lubiyatga uchraganidan keyin tiklanish uchun vaqt ajratish kerak.
“Albatta, u tuzalib ketadi. Men uning qaytishini juda ham xohlayapman, lekin ba’zida shunday nokautga uchraganingizda, haqiqatan ham karerangizni to‘xtatib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Boshga tushgan zarba juda yoqimsiz bo‘ladi. Aleks juda yomon zarba qabul qildi, u biroz dam olishi kerak ", -dedi Rogan o‘zining podkastida.
Eslatib o‘tamiz, 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan "UFC 294" turnirida avstraliyalik jangchi Islom Maxachevdan og‘ir mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.
Fikrlar