Joan Laporta va Viktor Font "Barselona" prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

  • 05.03.2026 16:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Joan Laporta hamda Viktor Font rasmаn "Barselona" prezidenti lavozimi uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Bugun saylov komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda ehtimoliy nomzodlar tomonidan to‘plangan imzolar tekshirildi. Laporta o‘z qo‘llab-quvvatloviga 8170 ta imzo taqdim etgan, shulardan 7226 tasi tasdiqlangan. Font tomonidan topshirilgan 5144 ta imzodan 4440 tasi ma’qullangan.

"Barsa" tarbiyalanuvchisi Mark Siriya 2845 ta imzo taqdim etgan bo‘lsa-da, ularning faqat 2247 tasi tasdiqlangan. Nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun kamida 2337 ta tasdiqlangan imzo talab qilinadi. Shu bois, Siriya saylovlarda ishtirok etmaydi.

"Barselona" prezidenti saylovi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!