Jokovich qiyin g‘alaba evaziga chorak finalga chiqdi
Javokhir Azimov
Jahonning birinchi raqamli tennischisi yana bir titul tomon dadil odimlamoqda.
Novak Jokovich Avstriyadagi "Vienna Open" turnirining navbatdagi bosqich o‘yinida ishtirok etdi.
Nimchorak finalda xorvatiyalik Borna Chorichga qarshi kortga chiqqan Jokovich keyingi bosqich chiptalarini katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritdi. Dastlabki set tay-brekka qadar davom etdi va unda Novak g‘alaba qozondi. Ruhiy ustunlikka erishgan serbiyalik tennischi keyingi setni nisbatan osonroq yutdi. Yakuniy hisob: 7:6(13:11), 6:3.

Izohlar (0)