Jon Jons: "Iliya Topuriya tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri bo‘lishi mumkin"
MMA afsonasi UFC sobiq chempioni haqida iliq fikrlar berdi
MMA afsonasi Jon Jons UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Oq uydagi turnirgacha Iliyaga engilmas jangchi sifatida qarardim. Keyin esa u bilan nima bo'lganini ko'rdik.
Biroq rostini aytsam, Topuriya tarixdagi eng buyuk jangchi sifatida e'tirof etilishi mumkin bo'lgan asosiy da'vogarlardan biri. Uning jang uslubi, boksi, zarba kuchi, o'ziga ishonchi menga juda yoqadi. Oktagon tashqarisida ham o'zini yaxshi tutadi. Iliya boy oiladan chiqqan, jang qilishga majbur emas va unga pul uchun kurashishning hojati yo'q. Lekin u bu ishni sportga bo'lgan muhabbati uchun qiladi. Mana shu jihati meni "Matador"ning katta muxlisiga aylantirgan. U hamma narsani to'g'ri qiladi. Tiklanish jarayonini ham, qolgan barcha ishlarni ham. U g'alabaga munosib jangchi", — dedi Jons.

Izohlar (0)