Jon Jons Joshua va Ngannu jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi

  • 26 fevral, 2024, 12:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn(120,2 kg) toifasida UFC chempioni Jon Jons IBO, IBF, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua va sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu o‘rtasidagi bo‘lajak boks uchrashuvi haqida o‘z taxminlarini bildirdi.

Tecno

“Men Frensisni boshidan kechirganlari, hayotda qanchalik katta muvaffaqiyatlarga erishgani va men kabi aralash yakkakurash ustasi bo‘lgani uchungina qadrlayman. U ajoyib va yaxshi odam. Ammo Entoni Joshua bolaligidan boks bilan shug‘ullanadi. Men tavakkal qilishni yoqtirmayman, lekin agar pulimni jang natijasiga qo‘yishim kerak bo‘lsa, uni Entoni Joshuaning g‘alabasiga tikkan bo‘lardim", - dedi Jons PFL va Bellator ilk qo‘shma turniridan so‘ng bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, britaniyalik va kamerunlik o‘rtasidagi boks jangi 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!