Jorjino Sarrining ortidan "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 20.06.2019 21:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Jorjinoning agenti Joao Santos mijozining "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligini aytdi.

“Jorjinoning “Chelsi” bilan 4 yillik shartnomasi bor. Biz boshqa klublar haqidagi mish-mishlar rost ekanligini bilish uchun bir necha kun kutishga qaror qildik. Jorjinoga “Chelsi” yoqadi va u bu erdan ketmoqchi emas. Biroq, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Agar u “Yuventus”ga o‘tadigan bo‘lsa, uning “Napoli”dagi faoliyati bunga to‘sqinlik qila olmaydi. Chunki, Jorjino – professional”, - deydi agent.

Eslatib o‘tamiz, Jorjino “aristokratlar” safiga bundan bir yil muqaddam Mauritsio Sarri bilan birga “Napoli”dan ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, Sarri endilikda “Yuventus” bosh murabbiyi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!