Joze Aldo, Anderson Silva va Donald Serrone UFC shon-shuhrat zaliga kiritildi

  • 7 iyul, 2023, 16:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Joze Aldo, Anderson Silva va Donald Serrone UFC shon-shuhrat zaliga kiritildi.

36 yoshli Aldo Merab Dvalishviliga yutqazib, MMAdagi faoliyatini yakunladi. U jami 39 ta jang o‘tkazib, ularning 31 tasida g‘alaba qozongan. U 2009 yildan 2015 yilgacha yarim engil vazn (65,8 kg)toifasida WEC/UFC kamariga egalik qilgan.

Silva o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni va promoushen tarixidagi eng uzoq g‘alabali seriya egasi (16 ta jang). U so‘nggi bor 2020 yilda jang o‘tkazib, texnik nokaut bilan Yuraya Xollga yutqazgandi.

Serrone UFCdagi debyutini 2011 yilda qilgan va 2022 yilda promoushenni tark etgan. Bu vaqt ichida u 38 ta jang o‘tkazdi. Bu promoushen tarixidagi uchinchi ko‘rsatkich sanaladi.

Shuningdek, 9 iyulga o‘tar kechasi Niko Praysga qarshi xayrlashuv jangini o‘tkazadigan Robbi Louler hamda Jens Palver va ham Shon-sharaf zaliga kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!