Joze Mourino o‘ziga terma jamoa tanladi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum yakunlanganidan keyin Italiya poytaxtini tark etadigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarishga moyillik bildirgan.
Braziliya futbol federatsiyasi terma jamoani “Real” bilan shartnomasi tugayotgan Karlo Anchelottiga topshirmoqchi edi. Biroq, madridliklar italiyalik murabbiyni jamoada olib qolishga harakat qilyapti.
Shu bois, braziliyaliklar e’tiborini Mourinoga qaratdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Joze Mourino Saudiya Arabistoni yoki AQSh jamoalarini boshqarishdan oldin, Braziliyani jahon chempionatida o‘ynatmoqchi.
Fikrlar