Joze Mourino yangi jamoasiga yulduz futbolchini olib kelmoqchi

  • 5 iyun, 2024, 20:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Fenerbaxche" bosh murabbiyi etib tayinlangan Mourino "shporlar"da Son bilan ishlagan. Janubiy Koreyalik futbolchi Jozening yozgi transferlar oynasida olib kelmoqchi bo‘lgan futbolchilari orasida, deya xabar berdi "TEAMtalk" nashri.

Tecno

"Tottenxem" jamoa sardorini arzonga qo‘yib yuborishi dargumon. "Fenerbaxche" "Tottenxem"ning eng muhim o‘yinchilaridan biri sanalgan Sonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi uchun katta summa to‘lashi talab etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Son 2015 yildan beri Shimoliy London jamoasida to‘p tepib kelmoqda. 31 yoshli forvard "shporlar" safida APL doirasida 303 ta bahsda maydonga tushib, 120 ta gol va 62 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!