Jud Bellingemga millionlar oqib keladi

  • 27 noyabr, 2023, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchisi Jud Bellingemga reklama takliflari kela boshladi. Dunyoga mashhur brend Louis Vuitton vakillari angliyalik o‘yinchi bilan ko‘pmillionlik bitim tuzishga harakat qilmoqda.

Daily Mail nashrining yozishicha, Louis Vuitton kompaniyasi faqat eng mashhur shaxslar bilan ishlaydi. Bu kompaniya futbolchilar orasida Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Pele, Diego Maradona va Zinedin Zidan kabi superyulduzlar bilan hamkorlik qilgan xolos.

Bellingemning o‘zi modaga jiddiy qaraydi. Xususan. 30 oktyabr kuni tashkil etilgan “Oltin to‘p” taqdimotiga 20 yoshli futbolchi Louis Vuitton yaratgan kostyum va klyosh shimda kelgani bilan e’tiborga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” rahbariyati bu o‘yinchini olish uchun yozda “Borussiya”ga 103 million evro to‘lagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!