K Liga. Iskanderovning golli uzatmasi jamoasiga 3 ochko keltirdi (video)
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 12-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov to‘p tepadigan "Seongnam" jamoasi safarda "Suvon Blyuvingz" klubiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Iskanderov 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 80-daqiqada aynan uning burchakdan uzatib bergan to‘pidan so‘ng Li Chang Yong raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Seongnam" hisobidagi ochkolar soni 13 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar