Kamaru Usman qila olmagan ishni Kolbi Kovington bajaradi (So‘rovnoma)

  • 15 dekabr, 2023, 13:11
  • 0
  • MMA

17 dekabr tongida “UFC 296” turniri start oladi. Ushbu jang oqshomining markaziy bahsida yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasi chempioni Leon Edvards da’vogar Kolbi Kovingtonga qarshi to‘qnash keladi. Biz ushbu qarama-qarshilik borasida o‘zbek MMA olami vakillarining fikri bilan qiziqdik.

Doston Bozorov -MMA jangchisi

- Bu jang borasidagi fikrimni aytadigan bo‘lsam, Kolbi Kovington shunchaki sovg‘a emas, Edvards uchun qiyin jang bo‘ladi. Biroq, Edvards hozir yuqori jismoniy holatga ega va unda britaniyalik jangchi g‘alaba qozonadi. Jang to‘liq 5 raund davom etadi va ochkolarga ko‘ra, Edvards g‘alabaga erishadi.

dos_1

Muhammadjon Qurbonov – MMA jangchisi

- Bu jangga to‘xtaladigan bo‘lsak, Edvards Kamaru Usman bilan ikki marotaba jang o‘tkazdi. Kovington esa uzoq muddat jang qilmadi. Edvardsning Usman bilan 2-jangini ko‘rgan bo‘lsangiz, u “teyk-daun”lardan juda yaxshi himoyalandi. Kovington kurashchi va u jangni “parter”ga ko‘chirishga harakat qiladi. Ammo, Edvards Usmanga bunday imkoniyatni bermadi va Kovingtonga ham qiyin bo‘ladi. “Stoyka”da Kovington yomon emas, biroq bu borada baribir Edvards ustunroq deb bilaman. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan bo‘lardim. Albatta, Edvards foydasiga!

muhammadjon

Javohir Imomov -MMA jangchisi

- Kolbi Kovington 77,1 kg vazn toifasida "kardio"si eng yaxshi jangchi deb bilaman. U 5 raund bir xil jang olib bora oladi. Shuning uchun Edvardsga qiyin bo‘ladi. Edvards 1-2 raund “teyk-daun”dan himoyalanishi mumkin. Biroq, Kovington kiraveradi, u charchamaydi. Shuning uchun Kovingtonda imkoniyat yuqori. Agar, “laki-panch”bo‘lmasa, bu jangda Kovington g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Albatta, bu shaxsiy fikrim.

javox

Mo‘minjon Mamajonov – MMA jangchisi

- Bu jangda Leon Edvards g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Chunki u anchagina mukammal jangchiga aylandi. Kolbi Kovington ham yaxshi jangchi, biroq Edvardsga qarshi unda imkoniyat yo‘q deb o‘ylayman.

mo‘minjon_1

Shuhratbek Abdumutalibov – murabbiy

- Qiziqarli jang bo‘ladi. Ikkisi ham ajoyib jangchi. Menimcha Usman qila olmagan ishni aynan Kovington bajara olsa kerak. Lekin oson bo‘lmaydi. Edvardsning kuchli zarbalari o‘tmasa, Kovington “parter”da ustunlikka erishadi. Menimcha jang to‘liq davom etadi va unda Kovington g‘alaba qozonadi.

shuri

Doniyorbek Ro‘ziev – murabbiy

- “Dahshat“ jang bo‘ladi. Bir-biriga mos raqiblar. Kovingtonning kurashi juda kuchli va bu Edvardsga muammo bo‘lishi mumkin. Ammo, uni Usmandek kurashchi ham 2-jangida “parter”ga torta olmadi. Edvards yaxshi himoya tizimini yo‘lga qo‘ygan. “Stoyka”da esa Edvards ustunroq. Ushbu omillar hisobiga bu jangda Edvards g‘alaba qozonsa kerak. Lekin bu MMA va unda har narsa sodir bo‘lishi mumkin.

doni_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!