Kamavinga “Real”ni shokka tushirdi
“Real” klubi iste’dodli yarim himoyachi Eduardo Kamavingani yozgi transferlar mavsumida o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi edi.
Frantsiyalik futbolchining o‘zi ham “Renn” rahbariyatidan madridliklardan keladigan taklifni kutishini aytib, boshqa klublar bilan muzokaraga kirishmaslikni so‘ragan edi.
Kutilmaganda vaziyat o‘zgardi. 18 yoshli futbolchi “Renn” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga qaror qilgani madridliklarni shokka tushirdi.
Kamavinganing bunday qarorga kelishiga o‘ziga xos sabablar bor. U “Renn” tarkibida 50 da ortiq uchrashuvda qatnashdi. Jamoasidagi o‘yinlari tufayli Frantsiya terma jamoasidan chaqiruv olib, uchta bahsda ishtirok etdi. Yosh futbolchi Evropaning grand klublarida zaxirada o‘tirib qolishi va buning oqibatida terma jamoadagi o‘rnini yo‘qotishidan xavotirlanayotgan ko‘rinadi. Chunki, Frantsiya terma jamoasida u Pol Pogbaning raqobatchisi va o‘rinbosari hisoblanadi.



Fikrlar