Kamoliddin Tojiev: "Gol o‘tkazib yuborilsa faqat himoya aybdor bo‘lmaydi"

  • 04.04.2026 23:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 5-turida “Paxtakor” OKMKni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik, yaxshi o‘tkazdik. Keyin tanaffusdan so‘ng tezkor gol o‘tkazib yubordik. Bu biroz ruhiyatimizga ta’sir o‘tkazdi. Uchinchi golni urdik. Baribir uchrashuv oxirida charchoq ham sezildi. 10 nafar futbolchimiz terma jamoalarda bo‘lgani uchun biz bilan shug‘ullanishmagandi va oxirida charchoq ham sezildi.

- Keyingi o‘yin “Neftchi” bilan. Har o‘yinda gol o‘tkazib yuborilayapti. Jamoangizni himoyasi haqida qanday bosh qotiryapsiz?

- Gol o‘tkazib yuborilsa faqat himoya aybdor bo‘lmaydi. Butun jamoani aytish mumkin, faqat himoya chizig‘i vakillarini emas. Baribir hammaga o‘yin amaliyotini berish kerak. Buni ustida ishlayapmiz va ishlashda davom etamiz.

- O‘tgan mavsumda o‘ng qanot himoyasida Hojiakbar Alijonov yorqin o‘yin ko‘rsatgandi. Sherzod Nasrullaev chaqirildi va u ham chap qanotda zo‘r o‘ynashi kutilgan. Oybek Bozorov ham taklif qilindi. Ular ham hujumlarga faol qo‘shilishadi. Ammo “Paxtakor” hujumlarining yarmidan ko‘pi Alijonov tomonidan uyushtirilmoqda.

- Sanab chiqsak, Nasrullaev ham birinchi taymni o‘zida 7-8 marta to‘p uzatdi. O‘ngdan ham emas, chapdan ham vaziyatlar yaratayapmiz. Faqat gol urishga yetmayapti. Ikkala qanot bilan ham ko‘proq hujum qilish bo‘yicha ishlayapmiz.

- Hojimat Erkinovni terma jamoaga chaqirishmayapti. Unga nimadir yetishmayapti...

- Mashg‘ulotlarda ham yomon emas, o‘zini formasida. Ishlashda davom etyapmiz va o‘zi bilan ham gaplashyapmiz. Xudo xohlasa, formasiга kirib o‘zini ko‘rsatadi.

- “Paxtakor” safida terma jamoa o‘yinchilari ko‘p. Darvozabon Nazarov maydonga tushmayapti. Kannavaro ham uni terma yig‘iniga chaqirmadi. U bilan qanqadir muammolar bormi?

- Muammo yo‘q. Sanjar ham bor. O‘tgan o‘yinda g‘alabaga erishdik. Shu bois almashtirmaslikka qaror qildik. Nazarov ham, Quvvatov ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishadi.

- Hujumchilarning gollar urish foizi kamayib ketyapti. Bu haqida nima deya olasiz? Bu sizni qanchalik o‘ylantiryapti?

- Mashg‘ulotlarda buni ustida ham ishlayapmiz. Baribir yaxshi himoyalanishyapti.

- FIFA Erondagi legionerlarni boshqa chempionatda o‘ynashiga ruxsat berdi. “Paxtakor”da ham ulardan kimnidir ko‘rishimiz mumkinmi?

- Xudo xohlasa. Buni ham ustida ishlayapmiz.

- Flamariyon jarohatidan keyin faollashib boryapti va sport formasi tobora yaxshilanyapti. U haqida fikringiz?

- O‘tgan yili mavsum oxirida ikkala tizzasini operatsiya qildirgandi. Qishki yig‘inda ham qatnashmagandi. Mavsum boshida esa shamollab qolgandi. Hozir ancha tiklanib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!