Kamoliddin Tojiev: "Ushbu turnirda ochiq futbol o‘ynash oson emas"

  • 4 noyabr, 2024, 16:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Elit Chempionlar ligasi doirasida "Ar Rayyan" bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda "sherlar"ni vaqtincha boshqarib turgan Kamoliddin Tojiev va futbolchi Abdurauf Bo‘riev qatnashdi. 

"Bizni ertaga muhim va qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Hozirgacha biz duch kelgan raqiblar orasida "Rayyan" eng kuchli jamoa deb o‘ylayman. Muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz. Bu jamoaning hujum chizig‘idagi futbolchilari juda kuchli.

Ushbu turnirda ochiq futbol o‘ynash oson emas. Shu sababli raqibni o‘rganib chiqib, ularning kuchli taraflarini berkitishga harakat qilamiz", - dedi Tojiev.

"Bizni ushbu musobaqada yana bir jiddiy raqibga qarshi bahs urinamiz. Jarohat olganimdan keyin tez orada mashg‘ulotga qaytdim. Dastlab ozroq qiyinchilik bo‘ldi, lekin hozir qo‘lim yaxshi holatda. Hech qaysi jamoadan qo‘rqmaymiz, o‘zimizni ko‘rsata olamiz. Yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishga borimizni beramiz", - dedi Bo‘riev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!