Kannavaro: Kutib charchadim!

  • 21.12.2025 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlayotgan italiyalik bosh murabbiy Fabio Kanavvaro Sky Sports jurnalistlariga bergan intervyusida ish tanlashiga bog‘liq omillarni keltirib o‘tdi.

- Men nega O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish taklifini qabul qilishga rozilik berdim?

Chunki bu terma jamoa jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Biz uchun bu haqiqatan juda katta musobaqadagi birinchi tajriba bo‘ladi. Men “biz uchun” deganim bejiz emas, chunki mening shogirdlarim uchun mundial haqiqiy tajriba maktabi bo‘ladi va ular turnirda juda ko‘p narsani o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi.

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, men taklif kutib charchadim. Avval boshdan men Italiyada ishlashni rejalashtirgan edim. Ammo bunaqa imkoniyat yuzaga kelmaganidan keyin faoliyat geografiyasini kangaytirish va boshqa muhitda tajriba oshirish to‘g‘ri bo‘ladi, degan qarorga keldim, - dedi Fabio Kanavvaro.

52 yoshli mutaxassis futbolchilik davrida ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. O‘z davrining eng zo‘r himoyachilaridan bo‘lgan Fabio Italiyada “Napoli”, “Parma”, “Inter”, “Yuventus”, Ispaniyada “Real Madrid” va Birlashgan Arab Amirliklarida “Al-Ahli” kabi mashhur klublar sharafini himoya qilgan.

Fabio Kannavaro Italiya terma jamoasi safida 2006 yilgi jahon chempioni hisoblanadi va shu yilning o‘zida futbolchilarning eng nufuzli individual sovrini “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.

Kannavaro murabbiylik faoliyati davomida Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Italiya va Xorvatiyada faoliyat yuritdi. Biroq katta yutuqlarga erishgani yo‘q.

Shunga qaramay, bu mutaxassis 2025 yilning 6 oktyabrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning shtabidan yordamchi murabbiy Eujenio Albarella, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Troize Franchesko va darvozabonlar murabbiyi Antonio Kimenti joy oldi.

Fabio Kannavaro qo‘l ostida O‘zbekiston milliy terma jamoasi dastlabki ikki o‘rtoqlik uchrashuvida Kuvayt terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Keyin jahonning eng kuchli jamoalaridan hisoblangan Urugvayga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida 2026 yilgi jahon chempionatining to‘rt ishtirokchisi o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro o‘rtoqlik turnirida Muhammad Saloh etakchiligidagi Misr terma jamoasini 2:0 hisobida engib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda Eron bilan golsiz durang qayd etildi va penaltilar seriyasida futbolchilarimiz 4:3 hislbida zafar quchib, 2025 yildagi ikkinchi sovriniga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin terma jamoamiz sentyabr oyida tashkil etilgan “2025 CAFA Nations Cup” xalqaro musobaqasida ham finalda Eronni engib, bosh sovringa ega chiqqan edi.

Joyini Nuneshdan qaytib olgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Husanovning hissasi bor! Gvardiola nega klubdan ketmasligini aytdi

O‘zbekiston jahon chempionatida qaergacha etib boradi?

Gvardiola Husanovni tanqid qilgan murabbiyni “razbor”ga chaqirdi

Husanovning eng kuchli to‘rt jihati aytildi

Ekspertlar qo‘pol o‘ynagan Husanovning harakatlarini qanday baholadi?

Nihoyat, Husanovni maydonda ko‘ramiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!