Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining keyingi rejalari haqida fikr bildirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini davom ettirmoqda. “Oq boʻrilar” bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yanvar oyidagi yigʻin, unga jalb etilgan futbolchilar hamda keyingi rejalar haqida intervyu berdi.
"Ushbu yigʻinga jalb etilgan barcha futbolchilarni oldindan koʻrganman va ularni yaxshi bilaman. Terma jamoada yangi murabbiy boʻlishimga qaramasdan, futbolchilarning imkoniyatlaridan xabardorman. Shunga qaramay, bu yigʻin orqali ularni yana bir bor tekshirib, imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishni rejalashtirganmiz.
Hozirgi yigʻin milliy chempionatda toʻp tepayotgan barcha futbolchilar uchun oʻziga xos signal boʻlishi kerak. Biz oldinda juda muhim musobaqalar — Jahon chempionati hamda Osiyo kubogini kutib turibdi. Shu bois, chempionatda barcha oʻyinchilar doim tayyor holatda boʻlishi shart. Terma jamoa aʼzolari va nomzod futbolchilar muntazam ravishda kuzatuv ostida boʻladi.
Men har doim oʻyinlarni stadiondan jonli tomosha qilishga harakat qilaman. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi oʻyinchilarini ham juda yaxshi bilaman. Biroq oʻyinni televizor orqali koʻrishdan koʻra, stadionda kuzatish ancha foydali. Chunki bu koʻproq maʼlumot olish imkonini beradi", — dedi mutaxassis.
Fikrlar