Kannavaroning shtabi "Paxtakor" mashg‘ulotlariga bordi
"Paxtakor" jamoasi Superliga 26-turi doirasida "Xorazm"ga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarning holatini o‘rganib borish maqsadida klublar mashg‘ulotlarini kuzatib borishmoqda. Bugun murabbiylar “Paxtakor” klubi mashg‘ulotlarida bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro va shtabi 25-turda "Nasaf" - "Qo‘qon-1912", "Mash’al" - "Xorazm", "Dinamo" - "Buxoro" va "Paxtakor" - "Qizilqum" bellashuvlarini bevosita stadiondan kuzatib bordi.



Fikrlar