Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kanselu jazolanadi, u "Barsa"ga ishonib, yig‘inga kelmadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Munosabatlar buzildi

Saudiya Arabistonining «Aь-Hilol» klubi himoyachisi Joau Kanselu jamoasini tezroq almashtirish niyatida. 32 yoshli futbolchi Saudiya klubining Avstriyadagi mavsumoldi yig‘inlariga umuman kelmadi, deya xabar bermoqda Diario Sport. 

Bu intizomiy qoidabuzarlik sifatida baholanmoqda va portugaliyalik futbolchi jarimaga tortilishi mumkin.

Kanselu hozircha Portugaliyada qolmoqda. Uning agenti Jorje Mendes esa futbolchini «Barselona»ga qaytarish bo‘yicha kelishuv ustida ish olib bormoqda. Kataloniya klubi hali ham transferni 10 million yevro miqdoriga yetkazmasdan amalga oshirishga umid qilmoqda.

Joau Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Barselona» safida ijaraga asosda to‘p surgan edi. U bir necha bor omma oldida doimiy ravishda «Barsa»da qolishni istashini ta’kidlagan. 

Futbolchi «Al-Hilol» tarkibida yana maydonga tushishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q