
Karantinni to‘rt marta buzgan futbolchi Manchesterdan ketadi
Angliya terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker A Seriyaga ko‘chib o‘tishga yaqin.
“Inter” jamoasi 30 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Shu o‘rinda, Kaylning manchesterliklar bilan munosabati u darajada yaxshi emasligini va jamoa undan qutilmoqchi ekanini ta’kidlash kerak. Futbolchi pandemiya paytida to‘rt marotaba karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.
Uokerning o‘zi esa, Xosep Gvardiolaga nimalarga qodirligini isbotlash niyatida Manchesterda qolmoqchi.
Fikrlar