Karate. Kuchlilar Chirchiqda aniqlandi

BEPUL PROPAN

Joriy yilning 8-9 mart kunlari Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universititi manejida karate WKF bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida Toshkent viloyati kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlaridan yig‘ilgan 300 nafardan ortiq o‘g‘il bolalar va qizlar g‘oliblik uchun kuch sinashishdi. Murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Madina Komilova (Chirchiq sh.), Javohir Jahongirov (Bekobod sh.), Bahrom Rahimov (Chirchiq OPSTTM), Saidislom Saidakbarxo‘jaev (Toshkent t.),  Ozod Saidmurodov (Zangiota t.), Madina Nasimova (Angren sh.) singari sportchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida esa Bekobod shahri jamoasi birinchi, Toshkent tumani ikkinchi va Yuqorichirchiq tumani jamoasi uchinchi o‘rinni band etishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq kuchli uchlikdan joy olgan yosh karatechilar endi Sirdaryo viloyatida o‘tadigan O‘zbekiston kubogi bahslarida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

- Taqvim-rejaga ko‘ra,  joriy yilgi ushbu ilk musobaqamiz Respublika kubogi bellashuvlariga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli, shu bois yosh karatechilarimiz bor mahoratini namoyish etishmoqda, maqsadimiz ushbu yilda ham mamlakat va xalqaro musobaqalarda eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritish bo‘ladi, - deydi Toshkent viloyati karate WKF assotsiatsiyasi raisi Ergash Rahimov.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!