Karatechilarimiz delegatsiyamizga ikkita medal taqdim etdi

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tyapti.

Karate bahslarida dastlabki medal qo‘lga kiritildi. -50 kg vazn toifasining finalida Gulshan Alimardonova eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.

Yana bir vakilamiz Sevinch Rahimova esa O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. -55 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz finalda marokashlik sportchidan ustun keldi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!