Karim Benzema "Al-Hilol" bilan 6 oylik shartnoma bo‘yicha kelishdi

  • 02.02.2026 01:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Jurnalist Santi Aunaning ma'lumotiga ko‘ra, Karim Benzema va "Al-Hilol" mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan olti oylik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Avvalroq Benzema taklif etilgan shartnomadan norozi bo‘lgani sababli "Al-Ittihod" safida o‘ynashdan bosh tortgani xabar qilingan edi.

Hozirgi muzokaralar "Al-Hilol" va fransuz hujumchisi o‘rtasida keyingi ehtimoliy shartnoma masalasiga qaratilgan. Benzema kelishuvni uzaytirish tarafdori ekani aytilmoqda.

Tomonlar hali maosh va yangi bitim muddati borasida to‘liq kelishib olgani yo‘q, muzokaralar davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!