Karl Frempton: "Men Joshuaga achinaman"

  • 13 oktabr, 2023, 11:33
  • 0
  • Boks

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Karl Frempton og‘ir vazn toifasida sobiq chempion Entoni Joshua (26-3,23 KO) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men qaysidir ma’noda Joshuaga achinaman, garchi u Olimpiya chempioni va multimillioner ekanligini hisobga olsak, unga achinmasligim kerak. U juda ko‘p tanqidlarga uchraydi va menimcha, u ikki uslub o‘rtasida qolib ketgan va janglarda qaysi birini ishlatishni bilmaydi. Agar Entoni avvalgidek shijoatda bo‘lsa ,men nega u muvaffaqiyatli jang qila olmayotganiga tushunmayapman.

Agar, Joshua Uaylderdek raqibni mag‘lub etmoqchi bo‘lsa, menimcha, u biroz ko‘proq eski AJoshuaga o‘xshab, buni amalga oshirishga harakat qilishi kerak. Menimcha, agar Joshua masofani saqlab bos tushadigan bo‘lsa, u nokautga tushishi mumkin”, - dedi Frempton DAZN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua Aleksandr Usik (21-0,14 KO) bilan jangda o‘z chempionlik kamarlarini boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!