Karrager: "Chelsi" hozir singan klubga o‘xshaydi"
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Chelsi"dagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
APL 35-turida "koʻklar" "Nottingem Forest"ga 1:3 hisobida magʻlub boʻldi. Barcha musobaqalar doirasida soʻnggi 10 ta oʻyinda londonliklar 8 ta magʻlubiyatni qabul qilib oldi.
"Bugun maydonda besh-oltita haqiqiy top-darajadagi futbolchi bor edi, lekin ular "Nottingem"ning ikkinchi tarkibiga yutqazdi. 12 oy ham oʻtmadi, ular PSJni yirik hisobda magʻlub etgandi. Hozir esa jamoada oʻyinchilar bilan murabbiylar oʻrtasida ham, futbolchilar bilan muxlislar oʻrtasida ham bogʻliqlik yoʻq.
Maʼlum maʼnoda bu yaxshi, chunki futbol faqat pul sarflash va futbolchi sotib olishdan iborat emasligini koʻrsatadi. Eng muhimi — jamoaviy birlik, hozir esa “Chelsi”da aynan shu narsa yoʻq. Ular hozir singan klubga oʻxshaydi", — dedi Karrager.

Fikrlar