Kasillyas Xabi Alonsoga bo‘layotgan tanqidlarga jiddiy munosabat bildirdi
"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso manziliga yoʻllanayotgan tanqidlar haqida oʻz fikrini bildirdi.
"Menimcha, u duch kelayotgan munosabat mutlaqo adolatsiz. U futbolni juda yaxshi biladigan inson. "Real" atrofida doim shov-shuv, gap-soʻzlar boʻlishini tushunaman, ammo hozir dekabr oyi, odamlar esa buni anglamayotgandek.
Agar jamoa "Barselona"dan 12 ochkoga ortda qolgan va Kubokdan chiqib ketgan boʻlsa, boshqa gap edi. Men bunday munosabatni umuman qabul qila olmayman, chunki tushunmayman. Buni maktab bilan qiyoslash mumkin: bolangiz maktabga boradi, u baholar oladi, ammo haqiqiy natijalar iyun oyida chiqadi. Bu ham xuddi shunga oʻxshash", — dedi Kasilyas "Bajo los palos" podkastida.
Fikrlar