
"Katta Dubulg‘a". Charos Qayumova turkiyalik raqibasiga yutqazib qo‘ydi
Xitoyning Usi shahrida taekvondo bo‘yicha nufuzli "Katta Dubulg‘a" turniri o‘tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida -49 kg vazn toifasida Charos Qayumova yurtimiz sharafini himoya qildi. Hamyurtimiz ilk davrada turkiyalik Ruqiya Yildirimga qarshi dayanga chiqdi va afsuski imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Nikita Rafalovich -80 kg vazn toifasida bronza medali sohibiga aylangandi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar