Katta transfer e'lon qilindi
Amerikaning MLS ligasidagi “Orlando Siti” klubi Frantsiya terma jamoasi tarkibida 2018 yildgi jahon chempioni, Madriddning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann transferini e’lon qildi.
Bu haqida Orlando shahri klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- Antuanning “Orlando Siti”ga kelishi nafaqat bizning klubimiz, balki shahrimiz, muxlislarimiz va butun futbol ligasi uchun muhim voqea, — dedi “Orlando Siti” klubi egasi va boshqaruv raisi Mark Uilf jamoaning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Futbolchi bilan shartnoma 2026 yil iyul oyida kuchga kiradi. Kelishuv 2027/2028 yildgi mavsum oxirigacha mo’ljallangan bo’lib, uni o’zaro kelishuvga ko’ra yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Fikrlar