Katta xarajatga tayyorlaning! Luis Enrique PSJga yangi futbolchini tanladi

  • 06.10.2026 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique jamoa uchun yangi futbolchi tanladi. Ispaniyalik mutaxassis Fransiya chempionati grandi tarkibini «Atletiko» yarim himoyachisi Pablo Barrios bilan kuchaytirishni istamoqda.

El Nacional nashri yozishicha, Luis Enrique Barriosni o‘zining o‘yin uslubiga eng mos futbolchi deb biladi va uning salohiyati hali to‘liq ochilmaganiga ishonadi. Materialda ta’kidlanishicha, Barriosning raqibni yuqori bosim ostida ushlab turish, katta masofalarni bosib o‘tish, chiziqlar orasida harakatlanish va to‘p bilan o‘yinda faol qatnashish qobiliyati Parij klubi nega uni hozirgi va kelajak uchun muhim transfer sifatida ko‘rayotganini tushuntiradi.

Shu bilan birga, Pablo Barriosni «Atletiko»dan olib chiqib ketish oson bo‘lmasligi qayd etilgan. Agar Madrid klubi PSJning dastlabki taklifini rad etsa, parijliklar bitimni amalga oshirish imkoniyati qolishi uchun taklif etilayotgan miqdorni jiddiy ravishda oshirishga majbur bo‘ladi. Luis Enrique esa bu transfer albatta amalga oshishini xohlamoqda.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli Pablo Barriosning bozor qiymati 55 million yevroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!