Asosiy mazmunga oʻtish

Kazemiro: "Biz doim Neymar haqida gapirishdan charchamaymiz"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Tajriba­li yarim himoyachi hamyurtining jamoadagi o‘rniga to‘xtaldi

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro matbuot anjumanida Neymar atrofidagi katta e'tibor haqida fikr bildirdi.

"Mana, yana boshlandi. Biz bu yerga kelamiz va doim Neymar, Neymar va yana Neymar haqida gapirishimizga to‘g‘ri keladi.

Menimcha, Neymar — jamoadagi oddiy futbolchilardan biri, albatta muhim futbolchi. Ammo 26 nafraning barchasi ham muhim. Shu, xolos", — dedi Kazemiro kulimsiragan holda.

"Santos" hujumchisi "JCh–2026" uchun terma jamoaga chaqirilganidan so‘ng klubida jarohat olgan edi. 34 yoshli futbolchi 2023 yildan beri milliy jamoa safida maydonga tushmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q