Kazemiro endi hech qachon “Manchester Yunayted” uchun o‘ynamaydi!
Taniqli jurnalist Richard Kiz braziliyalik futbolchi Kazemiro endi hech qachon “Manchester Yunayted” safida o‘ynamasligini va yanvarda klubni tark etishi haqida ma’lumot tarqatdi.
Kazemironing klubdan ketishi haqidagi gap-so‘zlar ancha oldin chiqqan edi. Tajribali yarim himoyachi mavsumning boshini juda bo‘sh o‘tkazdi.
Shuningdek, jarohat sababli ancha vaqt jamoaga yordam bera olmadi. Kazemiro Saudiya Arabistoniga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatildi. Biroq 31 yoshli futbolchi Osiyoga ko‘chib o‘tish variantini qabul qilmadi.
Kazemiro Angliya Premer-ligasiga kelgunga qadar Braziliyaning “San-Paulu”, Portugaliyaning “Portu”, Ispaniyaning “Real” jamoalarida to‘p tepgan.
Tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida o‘ynaydigan futbolchi “Manchester Yunayted”ga 2022 yili qariyb 71 million evroga transfer qilingan edi.
Fikrlar