
Kazemiro hech qaysi intervyuda aytmagan voqeani aytib berdi
“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi hisoblangan Kazemiro 2016 yildagi EChL finalidan so‘ng bir qiziq voqea haqida gapirib berdi.
"Men shu paytgacha hech qaysi intervyuda aytmagan narsani aytmoqchiman. Milandagi 2016 yilgi Chempionlar ligasi finalidan keyin biz g‘alabani kiyinish xonasida nishonladik. Ushbu payt Luka Modrich barchaga - do‘stlar, biz yana 2 ta YChLni yutishimiz kerak, dedi.
Biz unga - Luka biz Lissabondagi finalni ham yutdik, ikkita ChLni ham qo‘lga kiritdik, deb javob berdik. Shunda u - yo‘q, yo‘q. Biz ushbu buyuk jamoa bilan yana kamida ikkita EChLni yutishimiz mumkin va bu imkonsiz emas, dedi. So‘ngra biz Kardiff va Kievda bo‘lib o‘tgan finallarda muvaffaqiyatga erishib, Modrich bilan ketma-ket yana 2 ta kubokni boshimiz uzra ko‘tardik” – dedi braziliyalik yarim himoyachi “AS” nashriga bergan intervyusi davomida.
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli futbolchi “qirollik klubi” safida 336 ta bellashuvda ishtirok etib, 31 ta gol va 29 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar