Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kazemiro "Manchester Yunayted"da qolishi mumkin

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi fikrini o'zgartirishi mumkin

Kazemiro kutilganidek jamoani tark etmasligi mumkin.

Avvalroq braziliyalik yarim himoyachi mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq "RTI Esporte" ma'lumotiga ko‘ra, klub ichida futbolchini saqlab qolish masalasi muhokama qilinmoqda.

34 yoshli Kazemiro hozir ham jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. U joriy mavsumda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatma mualliflik qilgan.

Ayni paytda "Manchester Yunayted" Angliya Premier-ligasi jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q