Kazemiroga 4 ta klub qiziqish bildirmoqda
Nufuzli Caught Offside nashri "Manchester Yunayted" a’zosi Kazemironing kelajagi haqida ma’lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga to‘rtta klub qiziqish bildirmoqda. Bular "Kolambus Kryu", "An-Nasr", "Al-Ittihod" va "Al-Hilol" jamoalari hisoblanadi. "Qizil iblislar" esa Kazemiro bilan shartnomani faqatgina u maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lgan taqdirda uzaytirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda braziliyalik yarim himoyachi MYu safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar