Keldiyorovaning to‘qnashuvi sensatsiya bilan tugadi
Dzyudo bo‘yicha Olimpiya chempioni, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova Abu-Dabi (Qatar Amirliklari)da o‘tayotgan «Katta dubulğa» turnirining navbatdagi bosqichiga chiqmadi.
52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bellashgan o‘zbekistonlik sportchi dastlabki bahsda Meksika vakili Paulina Martines ustidan g‘alaba qozondi. Biroq ikkinchi davrada u Isroil dzyudochisi Gefen Primoğa qarshi bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuv muddatidan oldin — ippon bahosi bilan yakunlandi.
Keldiyorova uchun Abu-Dabidagi musobaqa 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridan keyingi ikkinchi rasmiy start hisoblanadi. Olimpiyada oltin medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng u farzandi tug‘ilishi munosabati bilan sport faoliyatida ikki yillik tanaffus olgan edi.
Joriy yil sentabr oyida dzyudochimiz Qozog‘istonda o‘tkazilgan Aktau Asian Open musobaqasida yana tatamiga qaytdi. Ushbu turnirda Keldiyorova ikki nafar qozog‘istonlik raqibasi va finalda Ozarbayjon vakilasini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Izohlar (0)