Kemran Nurillaev IBSA Jahon o‘yinlari va IBSA dzyudo Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

  • 24.08.2023 19:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo

Birmingem shahri mezbonligida o‘tayotgan IBSA Jahon o‘yinlari va IBSA dzyudo Jahon chempionatidan xushxabar!

Erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Kemran Nurillaev final janggini yakunladi. Oltin medal uchun kechgan kurashda vakilimiz gruziyalik Nukri Migrijanashviliga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.

Ushbu vaz toifasida bronza medallari Qozog‘iston va Jazoirdan kelgan para dzyudochilarga nasib etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!