Kerrik: "Brununing emotsiyasi jamoaga foyda keltiradi"

  • 20.03.2026 14:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandeshning maydondagi hissiyotli harakatlarini muammo deb hisoblamasligini bildirdi.

"Agar bu eng yaxshi niyatdan kelib chiqsa va maqsad o‘yinni hamma uchun yaxshiroq qilish bo‘lsa, hamda barcha ijobiy kayfiyatni saqlasa — men bu yerda hech qanday muammo ko‘rmaysan.

Menimcha, bu to‘g‘ri niyat bilan amalga oshirilsa, noto‘g‘ri badan tili yoki salbiy ton bo‘lmasa, bir-birini rag‘batlantirish foydali.

Bu shaxsiy masala emas. Bu samaradorlik va bir-biridan maksimum natija olish haqida. Yillar davomida men shunday futbolchilarni ko‘rganmanki, ular hatto shunchaki bahs orqali ham jamoani ruhlantirishgan.

Albatta, bunday holatlar bo‘lib turadi va bu zarar keltirmaydi. Yana ta’kidlayman, bu shaxsiy emas — bu jamoa manfaati uchun", — dedi Kerrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!