Kerrik: "Old Trafford — alohida joy, bu yerda alohida voqealar ro‘y beradi"

  • 02.02.2026 01:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik APL doirasida "Old Trafford"da "Fulxem" ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g'alabaga munosabat bildirdi.

Uchrashuvdagi hal qiluvchi golni 94-daqiqada Benyamin Sheshko kiritdi.

"Bu alohida joy va bu yerda alohida voqealar sodir bo‘ladi. Bu g'alaba — yigitlarning xizmati. Bugun bizni juda og‘ir o‘yin kutayotganini bilardik.

Hafta davomida past himoyani qanday yorish va sen g'alaba qozonishing kerak bo‘lgan jamoalarga qarshi qanday o‘ynash haqida savollar berildi. Ammo bugungi o‘yin aynan shunday toifaga kirmasdi.

"Fulxem" — haqiqatan ham kuchli jamoa. Biz ko‘plab qiyin savollarga javob berishimizga to‘g‘ri kelishini tushungandik.

Yigitlarga rahmat aytaman: o‘tgan hafta so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham ular o‘zlarini qo‘lga olib, oldinga intilishdi va g'alaba qozonishdi (3:2 "Arsenal"ga qarshi). Bugun esa yanada qiyinroq bo‘ldi, ammo baribir Benji uchun g'alaba golini topdik. Men u uchun juda ham xursandman, u bunga to‘liq munosib.

Bu barchamiz uchun muhim palla, ayniqsa uning o‘zi uchun. Men bu yerga kelganimdan beri u ajoyib ishlamoqda va bu tuyg‘uni u uzoq vaqt eslab qoladi", — dedi Kerrik "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!