
Kesseni "Barselona"ga sig‘dirishmayapti
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kesse qishki transferlar oynasida jamoa lagerini tark etishi mumkin.
Avvalroq futbolchining agenti Italiyaga qaytish haqidagi mish-mishlarni rad etib, Frankning kataloniyaliklar safida baxtli ekanini ta’kidlagandi. Shunga qaramay, 25 yoshli ivuarlik futbolchining Kataloniya klubini tark etish ehtimoli juda yuqoriligicha qolyapti va uni sotib olmoqchi bo‘lgan klublar ro‘yxati ko‘paymoqda.
Jumladan, "Tottenxem" Kesse o‘yinlariga befarq emas. Futbolchi yozgi transfer oynasida "Barselona" safiga tekinga kelib qo‘shilgandi. Bungacha Frank "Milan"da to‘p tepgan va 2021/2022 yilgi mavsumda Italiya chempioniga aylangan.
Fikrlar