Ketkazib xato qilgan ekanmiz! "Barsa" o‘zaro o‘yindan keyin sobiq futbolchisini qaytaradigan bo‘ldi
Bu oʻyinchini qaytaradigan payt keldi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Betis» yarim himoyachisi Abde Ezzalzuli ning oʻyinini yuqori baholash bilan cheklanmadi.
Diario SPORT nashri xabariga koʻra, nemis mutaxassisi 24 yoshli marokashlik futbolchining oʻyinini anchadan buyon diqqat bilan kuzatib keladi. Manbalarga koʻra, oldingi transfer oynalari davomida «Barselona» Abdeni jamoaga qaytarish imkoniyatini jiddiy oʻrgangani.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda «Barselona» Ispaniya La Ligasining toʻqqizinchi turida «Betis»ni yirik hisobda magʻlub etdi. Uchrashuv 5:2 hisobi bilan kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi. Sevillya klubi tarkibidagi ikki goldan biriga aynan Abde mualliflik qildi.
Qiziqi shundaki, Abde 2021–2023 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Shundan soʻng u 7,5 million yevro evaziga «Betis» safiga oʻtgan edi.

Izohlar (0)