Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ketmaysan! Flik "Barsa" yulduzi transferini blokladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bir kun kerak bo‘lib qoladi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongni qishki transfer oynasida sotib yuborishga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy qaror qilgani xabar qilinmoqda. 

Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, «ko‘k-anorranglilar» jamoa tarkibining chuqurligini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas. 

Shu bois klub rahbariyati futbolchiga qiziqish bildirgan «Manchester Yunayted» va «Liverpul» bilan hech qanday muzokara olib borishni rejalashtirmayapti.

Frenki de Yong 2019 yil yozidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q