Keyn, Xoland va yana 8 futbolchi! “Barsa” transfer nishonlari ro‘yxatini tuzdi
“Barselona” yozgi transfer oynasi uchun ustuvor transferlar ro‘yxatini tuzdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning nufuzli manbalaridan biri hisoblangan Mundo Deportivo nashri.
Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub sport direktori Deku va sport departamentining boshqa a’zolari bilan birgalikda kuchaytirish talab etiladigan asosiy Pozitsiyasilarni aniqladi.
Unga ko‘ra, klubga chapaqay markaziy himoyachi, vinger va markaziy hujumchi kerak.
Agar “Barselona” moliyaviy feyr-pley qoidalari doirasidan chiqmaslikni imkonini topsa, himoyachi masalasi yanvar oyidayoq hal qilinishi mumkin. Yo‘qsa, bu masala ham yozga qoladi.
Klub ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar orasida Gonsalu Inasiu (“Sporting”), Murilo (“Nottingem Forest”), Niko Shlotterbek (“Borussiya” Dortmund), Luis Benedetti (“Palmeyras”) va Mark Gexi (“Kristal Pelas”) kabi himoyachilar bor.
Markaziy hujumchi ham ustuvor Pozitsiyasi hisoblanadi, chunki Robert Levandovskining shartnomasi tugamoqda. Klub e’tiboriga Xulian Alvares (“Atletiko”), Harri Keyn (“Bavariya”) va Erling Xoland (“Manchester Siti”) tushgan.
Bundan tashqari, “Barselona” Rafinyaning Saudiya Arabistoniga ketish ehtimolini hisobga olib, qanotlarni kuchaytirmoqchi. Nomzodlar orasida Markus Reshford bor. Angliyalik hujumchi Kataloniyada qolishi uchun mavsum oxirigacha yuqori saviyada o‘ynashi va uni ijaraga bergan “Manchester Yunayted” badal pulini 30 million evrodan ortiq talab qilmasligi lozim.
Kataloniya super klubi ro‘yxatida “Milan”ning qanot hujumchisi Rafael Leau nomi ham ko‘rsatilgan.
Fikrlar