Keyn Angliya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlar orasida Top-5likka kirdi

  • 07.09.2025 11:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar Top-5ligiga kirdi.

6 sentyabr kuni Tomas Tuxel shogirdlari o‘z maydonida JCh-2026 saralashining 5-turi doirasida Andorrani mag‘lub etdi (2:0). Keyn maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, ammo samarali harakatlar amalga oshirolmadi. Ushbu o‘yin uning Angliya terma jamoasi tarkibidagi 108-o‘yini bo‘lib, u beshinchi o‘rinni egalladi va Bobbi Mur bilan tenglashdi.

Reytingda ulardan yuqorida faqat Stiven Jerrard (114), Devid Bekxem (115), Ueyn Runi (120) va Piter Shilton (126) turibdi. Angliya terma jamoasi o‘zining navbatdagi o‘yinini 9 sentyabr kuni o‘tkazadi. Saralashning 6-tur o‘yinida Tuxel jamoasining raqibi Serbiya terma jamoasi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!