Keyn La Ligaga yo‘l oladi(mi)?

  • 21.11.2025 17:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini Kataloniyaning "Barselona"sida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar yozda jamoani tark etishi kutilayotgan hujumchi Robert Levandovskining o‘rnini aynan angliyalik forvard bilan to‘ldirmoqchi. Bir necha kun avval "ko‘k-anorranglilar" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olmoqchi edi. Biroq argentinalik futbolchining transfer summasi tufayli, Xarri Keyn varianti ma’qul ko‘rilmoqda. Keynning "Transfermarkt"dagi narxi 75 million evroni tashkil etadi. Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda umumiy 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!