
Keyn Runidan o‘tib ketdi
APLning 35-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Kristal Pelas" bahsida Xarri Keyn birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Porroning qanotdan uzatgan to‘pini darvozaga joylab, hisobni ochdi. Mazkur gol futbolchini Premer-liga tarixiga olib kirdi.
Keyn to‘purarlik bo‘yicha Runidan o‘tib ketdi. 29 yoshli ingliz APLdagi faoliyati davomida 209-marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U turnirdagi barcha davrlarda urilgan gollar bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Peshqadam hamon "Nyukasl" afsonasi Alan Shirer. Uning hisobida 260 ta gol mavjud.
Xarri ushbu mavsumda 26 marta darvozabonlarni ranjitdi. Keyn bu bo‘yicha faqatgina Xolandan ortda qolmoqda.
Fikrlar