
Keyn "Tottenxem"dan Evropa grandiga o‘tishi mumkin
O‘tgan yozda "Bavariya" Robert Levandovskini sotib yubordi, biroq klub haligacha boshqa markaziy hujumchi xarid qilgani yo‘q. Yulian Nagelsman shunga amin bo‘ldiki, jamoaga markaziy hujumchi kerak. Shu bois, rahbariyat futbolchi qidirishni boshlab yubordi. Xabarlarga ko‘ra, "nemis mashinasi" hozirda "Tottenxem" forvardi Xarri Keynning harakatlarini kuzatib bormoqda. "Sky Germany" nashrida yozilishicha, "Bavariya" yozgi transfer oynasi paytida angliyalik fubolchini o‘z safiga qo‘shib oladi.
Bir necha oy oldin “Bavariya” Harri Keynning agentlari bilan aloqaga chiqqan, biroq hujumchi “Tottenxem”ni tark etishni istamagan. Mavsum yakunida myunxenliklar yana shu transfer borasida ishlamoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli Xarri Keyn 2022/2023 yilgi mavsumda 15 ta o‘yinda 10 ta gol urgan.
Fikrlar